Bizning saytda ta’lim olishning afzalliklari

Qulay narxlar

Onlayn ta’limning ustunliklaridan biri bu uning qulay narxida hisoblanadi. Masalan, onlayn ta’limda o’qituvchilar dars o’tishlari uchun qandaydir binoni ijaraga olib ishlatilmaydi. Oʻz-oʻzidan moddiy mulklardan foydalanish boʻyicha va boshqa ba’zi xarajatlar tejab qolinadi. Oʻqituvchilar darsga kelish uchun yoʻl yurib vaqt sarflashmaydi.

Vaqtingizni tejang!

Ma’lum vaqt bilan chegaralanishga ehtiyoj yo’q — agar siz onlayn kurslar orqali bilim olsangiz, mustaqil ravishda o’quv jadvalini rejalashtirasiz va istagan vaqtda dars qilasiz. O’quv markazlariga borish va qaytish vaqtida transportda ketadigan vaqtingizni tejashingiz mumkin. Onlayn ta’limda siz istagan yeringizda ma’lumot olasiz.

Samarali o’rganish

Prezentatsiyalar, testlar, videolar, chat, ekran namoyishi va darslarnini qayta ko’rib chiqish imkoniyatlari borligi va boshqa qulay vositalardan foydalanish darslarni o’zlashtirishda yuqori samara beradi. Bundan tashqari, berilgan materiallarni o’zingizga mos tezlikda o’rganish ham onlayn ta’limning katta yutug’i hisoblanadi.

Ish jarayoniga kerak bilim oling

Bizning platformada ko’pchilik sohalarda ish davomida kerak bo’ladigan  eng asosiy kurslar yig’ilgan.

Vindo.uzda ta’lim jarayoni qanday kechadi?

1. Interaktiv usullar orqali kursni o'rganib chiqish

Birinchi bo’lib saytda registratsiyadan o’tasiz. Keyin o’zingizga kerakli kursni tanlaysiz va agar kurs pullik bo’lsa to’lovni amalga oshirasiz. Tanlagan kursingizda o’qituvchi tomonidan tuzilgan tartibda kursni o’tib chiqasiz.

2. Olingan bilimlarni sinash

Olingan bilimlaringizni sinash va ularni mustahkamlash maqsadida har xil ko’rinishlarda testlar ishlash, insho yozish va boshqa turdagi topshiriqlar beriladi. Natijalarga qarab siz nimani ustida ko’proq ishlashni bilib olasiz.

3. O'qituvchi bilan onlayn aloqa qilish

Kurslarni o’rganish davomida siz o’qituvchi bilan, Zoom, Telegram, telefon va boshqalar orqali aloqa qilib tushunmagan savollaringizga javob olishingiz mumkin. Bundan tashqari sizga qulaylik yaratish maqsadida o’qituvchilar qo’shimcha Zoom platformasida darslar tashkil qilishlari mumkin.

4. Yakuniy vazifa

Yakuniy topshiriq sifatida, test savollari, insho yoki boshqa sinov usullari belgilanadi. Yakuniy topshiriqdan yetarlicha ball to’plash orqali kurs yakunlanadi.